Orujeynaya palata
Orujeynaya palata (qurol- aslaha palatasi) — Moskva Kremlidagi qadimgi rus muzeyi. 16-asrda aslahaxona sifatida tashkil qilingan; maxsus qurilgan binoda joylashgan (1844-51, me’mori K. Ton). 16-asr 2-yarmi —18-asr boshlarida qurol, qimmatbaho taqinchoqpar, saroy ro’zg’or buyumlari tayyorlash, sotib olish, saqlash markazlari tarzida shakllangan. 1960 yildan Moskva Kremli Davlat muzeylari tarkibida. Orujeynaya palatada Rossiya, G’arbiy Yevropa, Old Osiyodagi bir qator mamlakatlarda 5-20-asr boshlarida yaratilgan amaliy bezak san’ati namunalari, qurol-aslahalar, o’yma naqshli, emal, qimmatbaho toshlar va boshqalar bilan bezatilgan oltin va kumush idishlar, taqinchoklar, zar va dur tikib bezatilgan badiiy buyumlar, mato, hokimlik ramzi bo’lgan narsalar, serhasham ot abzallari va boshqalar saqianadi. Orujeynaya palatada O’zbekiston hududida tayyorlangan badiiy hunarmandlik asarlari namunalari (Baxmal, zandonachi kabi mato; zarbof liboslar, zardo’zi buyumlar, Buxoro amirining taxti va boshqalar) ham saqlanadi.