Omoch

Omoch — ulov (ot, ho’kiz) qo’shib yer haydaladigan yog’och asbob. Qadimgi (hali traktor va plug bo’lmagan davrlar)da asosiy er haydash quroli hisoblangan. Omoch, asosan, 3 qism: tana, quloq va o’qdan iborat bo’lgan. Omoch qismlari qattiq yog’ochdan tayyorlanadi. Tananing old tomoni uchli bo’lib, unga tish (metall tig’) kiydirilgan (shu tig ‘bilan yerni ag’darib ketgan). Quloq — tananing orqa tomoniga biriktiriladigan yog’och dasta. Qo’shchi shu quloqdan ushlab Omochni yo’naltirib borgan. O’q — tananing old tomoniga, quloqning pastrog’iga qoqiladigan chorqirra, yassiroq yog’och. O’q ot yoki ho’kiz bo’yintirig’iga mahkamlangan. U tana va quloqni oldinga tortib borgan. Omoch ba’zi mamlakatlar (masalan, Hindiston, Afg’oniston va boshqalar)da hozir ham ishlatiladi. O’zbekistonda yerlar plugda haydaladi.