Oksikislotalar, oksikarbon kislotalar
Oksikislotalar, oksikarbon kislotalar — tarkibida ham karboksil (—Soon), ham gidroksil (— on) guruhi bo’lgan organik birikmalar. O’simliklar olamida ko’p tarqalgan. Kupchiligining optik izomerlari bor. Tarkibida 1 ta karboksil va 1 ta gidroksil guruhi bulgan oksikislota Oksikislotalarning eng oddiysi hisoblanadi. Gidroksil guruhining karboksil guruh birikkan ugleroddan kancha uzoklikdagi uglerod bilan birikkanligiga qarab a-, r-, u va 5-Oksikislotalar farqlanadi. Oksikislotalarning soddalari qovushoq suyuqliklar yoki kristall moddalar bo’lib, suvda yaxshi eriydi. Oksikislotalar spirt va kislotalarning umumiy xossalarini namoyon qiladi. Oksikislotalarning yana o’ziga xos boshqa xossalari ham bor. u va 5-Oksikislotalar ichki efirlar — laktonlar xreil qiladi. Oksikislotalar o’simlik va hayvon organizmlarida (masalan, sut, olma, limon kislotalar) uchraydi. Aromatik Oksikislotalar dori va azobo’yagichlar ishlab chiqarishda qo’llanadi.