Oksidlar

Oksidlar — elementlarning kislorodli birikmalari. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat o’sha element atomlariga birikkan bo’ladi, lekin o’zaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar (peroksid va peroksid birikmalar) tarkibida kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (masalan, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal Oksidlar elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil bo’ladi. Oksidlarning nomlanishi quyidagicha: a) agar element kislorod bilan faqat 1 ta kislorodli birikma hosil qilsa, u oksid deb ataladi. Masalan, A12O3 — alyuminiy oksid, MgO — magniy oksid; b) elementning bir necha Oksidlari ma’lum bo’lsa, uning oksidlanish darajasi e’tiborga olinadi: Si2O mis (-oksid, Sio — mis (P)-oksid, Sg2O3 — xrom (Sh)-oksid, Sgo3 — xrom (VI)-oksid va hokazolar; v) elementning oksidi suv ta’sirida kislotaga aylansa (yoki kislotadan yoxud uning tuzidan olinishi mumkin bo’lsa) ayni oksid o’sha kislotaning angidridi deb ataladi: SOj— sulfat angidrid, SO2 — sulfit angidrid. Normal Oksidlar — asosli, kislotali va amfoter (oraliq) Oksidlar deb, 3 guruhga bo’linadi. Mendeleyev davriy sistemasida davr ichida chapdan o’ngga o’tgan sari Oksidlarning xossalari asoslilikdan amfoterlilikka, so’ngra kislotalikka aylanadi. Masalan, III davr elementlari oksidlaridan Na2O, MgO asosli Oksidlar; A12O3 — amfoter oksid; SiO2, P2O5, SO3 va S12O7— kislotali Oksidlardir. Elementning oksidlanish darajasi ortgan sari oksidlarning asoslik xossalari kuchsizlana boradi: MPO — asos xossasiga, mg>02 — amfoter xossaga, Mp2o7 — kislota xossasiga ega. Ba’zi Oksidlar tuzlar hosil qilmaganligidan ularga indifferent yoki befarq Oksidlar nomi berilgan (masalan, so va NO). Ko’pchilik Oksidlar tabiatda uchraydi. Tabiatda eng ko’p uchraydigan Oksidlardan biri suv — vodorod oksiddir. Silikat angidrid (SiO2) ko’pgina tog’jinslari tar-kibiga kiradi. Oksidlar turmush va texnikada keng qo’llanadi. Masalan, so’ndirilmagan ohak Sao — qurilishda, NO2, SO2 — nitrat va sulfat kislota ishlab chiqarishda, ba’zi metallarning oksidlaridan iborat aralashmalar esa katalizatorlar sifatida ishlatiladi.