Qalandariy

Qalandariy — Shashmaqomda Dugoh maqomining Mo’g’ulcha sho»basi shoxobchalaridan; Mo’g’ulchai Dugoh Talqinchasining ma’lum varianti, chapandoz doira usulida ijro etiladi. Uning tarkibida daromad, miyonxat, Muxayyari Chorgoh namudi va tushirim qismlari mavjud. Ufar doira usulidagi qisqa varianti Farg’ona vodiysida xotin-qizlar tomonidan sevib kuylanadi. Qalandariyning turli variantlari bor: «Q1», «q.2» va boshqalar ularning kuy-ohanglaridan bastakor va kompozitorlar ijodida keng foydalanilgan. Muqimiyning «Soyayi», Koriyning «ajab bir nozanin» so’zlari bilan boshlanadigan g’azallari Qalandariy yo’llarida aytiladi. T.Jalilov «Tohir va Zuhra» musiqali drama va operasida q chapandozidan ariya sifatida foydalangan. Yu.Rajabiy «Q1» avjiga Zebo pari avjini kiritib, ashula mazmunini yanada teranlashishiga erishgan. Qalandariy yo’llari cholg’u kuylar sifatida ham mashhur.