Qoraqand
Qoraqand — kechpishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uchi go’mtoq, yirik (uzunligi 25-30 santimetr, og’irligi 2.5—4,5 kilogramm). Sirti sal tilpm-tilim. To’ri yirik, ba’zi joylari go’rsiz. Tusi jigarrang yuatanib tuaeadigan to’q yashil. Sirtidagi gullari tusidan sat farq qila:shgan deyarli qora, to’q yashil ensiz yo’llarlan iborat. Po’sti qattiq, eti qalin (5,5 — 6 santimetr). Och-yashil. Po’stiga yaqin joyi yashil. Urug’xonasi uncha katta emas, urug’i yirik. Tarkibida 8,3 — 1 1.4% qand, 1 1-13,5% quruq modda bor. Urug’i unib chiqqandan so’ng hosili 100-110 kunda pishadi. Hosildorligi 250-300 ts/ga. Olis joylarga yuborishga, saqlashga va tashishga yaroqli. Ushbu nav 1946 yildan Samarqand, Surxondaryo, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ekish uchun rayonlashtirilgan.