Qulunda cho’li
Qulunda cho’li, Qulunda tekisligi, Qulunda — G’arbiy Sibirning Janubdagi tekislik. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasi va Qozog’iston Respublikasining Pavlodar viloyatida, ob va Irtish daryolari oralig’ida, Qulunda tektonik botig’ida joylashgan. botiqning yuzasi to’rtlamchi davr flyuvioglyasial, ko’l va Daryo yotqiziqlari bilan qoplangan. Maydoni 100 ming km2 ga yaqin. Balandligi Markaziy qismida 100-120 metr, Janub va sharqida 200— 250 metr. Relefida uzun qirlar — Marzalar (50-60 metr) xos; ularni daryolar va achchiq-sho’r ko’llar ajratib turadi. Ko’llarda soda, glauber va osh tuzi zaxiralari katta. Iqlimi kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 17°, -19°, iyulniki 19-22°. Yillik yog’in 250-350 mm. Shimoli-Sharqida boshoqli dasht o’simliklari o’sadi. Qulunda cho’li G’arbiy Sibirning muhim qishloq xo’jalik rayoni.