Qumtosh

Qumtosh — cho’kindi tog’jinsi, gilli, karbonatli, kremniyli va boshqa materiallar bilan iementlashgan qum donalaridan tashkil topgan. Qum kabi Qumtosh aksari qismini tashkil etuvchi donachalarning o’lchamiga qarab mayda donali (0,1 dan 0,25 millimetr), o’rta donali (0,25—0,5 millimetr), yirik donali (0,5 millimetr) larga, mineral tarkibi bo’yicha kvarsli, arkozli Qumtosh va grauvakkalarga bo’linadi. Zichligi 2,2 — 2,7 g/sm3, g’ovakliligi 0,69—6,70%, suv shimishi 0,63—6,0% ni tashkil etadi. Kremniy va karbonat moddalar yordamida tsementlashgan Qumtoshlarning fizik-mexanik xossalari yuqori, gil yordamida birikkan Qumtosh esa sifatsiz bo’ladi. Qumtoshning o’tga chidamliligi har xil; kremniyli modda yordamida jipslashgan toza kvarsli Qumtosh eng yuqori (1700°gacha) olovbardoshlikka ega. Qurilishda Qumtoshdan devoriy va qoplama materiallar, xarsangtosh, shag’al (yo’l qurilishi va betonda to’ldirgich sifatida foydalaniladi. Tarkibida 95% dan ortiq kremnezyom (5YU2) bo’lgan kvarsli Qumtoshlar dinas ishlab chiqarishda, mis va nikel quyishda flyus sifatida hamda shisha tayyorlashda ishlatiladi.