Gaz analizatori
Gaz analizatori — gazlar aralashmasi tarkibini miqdor va sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va avtomatik xillari bor. Dastaki (absorbtsion) Gaz analizatorida ma’lum hajmdagi gaz aralashmasi turli eritmalar to’ldirilgan bir necha idishdan birin-ketin o’tkaziladi; bu eritmalar gazlarni yutib og’irlashadi. Masalan, kaliy ishqor eritmasi karbonat angidridni, pirogallol eritmasi kislorodni, mis (U)-xloridning ammiakli eritmasi uglerod (77)-oksidni yutadi. Ko’pincha, gaz aralashmasidagi yonuvchi gazlarni turli sharoitlarda mis (/u)-oksid bilan birga qizdirib yondirish usulidan ham foydalaniladi. Masalan, vodorod, uglerod (Uu)-oksid va metan miqdori shu tariqa aniqlanadi. Avtomatik Gaz analizatorida asosan gaz aralashmasining turli fizik xossalari (masalan, elektr o’tkazuvchanligi, bosimi, massasi, hajmi, temperaturasi, magnitlanish xususiyati) uzluksiz qayd qilib boriladi. Ishlash tarziga ko’ra, volyumetrik (kimyoviy Gaz analizatori), termokimyoviy, Termokonduktometrik (elektr Gaz analizatori), elektr-kimyoviy, densimetrik, magnit, optik, radioaktiv xillari bo’ladi. Bulardan tashqari, ultrabinafsha Gaz analizatori ham bor. Bunday asbobda gazlar aralashmasi tarkibidagi galogenlar, simob bug’lari, ba’zi organik birikmalar miqdori aniqlanadi. Gaz analizatori sanoatda, tibbiyotda, ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llaniladi.