Trapezund imperiyasi
Trapezund imperiyasi — kichik Osiyoning shim.sharqidagi davlat (1204-1461). Poytaxti — Trapezund (hozirgi Trabzon). Vizantiya imperatori Andronik I ning nabiralari Aleksey va David Komninlar tomonidan barpo etilgan. Ularga Gruziya malikasi Tamara hamkorlik qilgan. 1243 yil mo’g’ullar istilosi davrida Trapezund imperiyasi Saljuqiylar va Nikeya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan, lekin ittifoqchilar tor-mor keltirilgan. Trapezund imperiyasi mo’g’ullarga o’lpon to’lash majburiyatini olgan. 14-asr boshida Trapezund imperiyasi Oq qo’yunlilar bilan kurash olib borgan. 1456 yil Trapezund imperiyasi Usmoniylarga o’lpon to’lagan, 1461 yil Sulton Mehmed II qo’shini Trapezund imperiyasini bosib olib, uni Usmonli turk imperiyasining bir viloyatiga aylantirgan.