Trialeti

Trialeti — Gruziyadagi jez davriga oid arxeologik yodgorliklar majmui (miloddan avvalgi 2-ming yillik). Trialeti tizmasining Janubdagi Tsalka platosida joylashgan. Zodagonlar va qabila sardorlari dafn etilgan boy mozorqo’rg’onlar topilgan. Badiiy jihatdan yuksak ishlangan qimmatbaho buyumlar (oltin va kumush qadahlar va boshqa) mahalliy zargarlarning G’arbiy Osiyo va kichik Osiyo bilan yaqindan aloqada bo’lganidan dalolat beradi.