Tonlesap, sap

Tonlesap, sap — Kambodja tekisligidagi ko’l, Hindixitoy yarim orolida eng katta. Maydoni 2,5—3 ming km2 dan (qishda) 10 ming km2 gacha (yozda), mavsum bo’yicha o’zgarib turadi. Chuqurligi ham tegishlicha 1-2 metrdan 10-14 metrgacha. Qirg’oqlari past, botqoqlashgan. Tonlesap daryosi Tonlesapni Mekong bilan bog’laydi va uning oqimini qisman tartibga solib turadi. Baliqqa boy. Sholipoyalarni sug’orishda foydalaniladi, sohil qismida aholi zich. Tonlesap yaqinida Kambodja madaniyati yodgorligi majmuasi — Angkor joylashgan.