ATOM YADROLARI IZOMERIYASI

ATOM YADROLARI IZOMERIYASI — ba’zi atom yadrolarining nisbatan uzoq yashash vaqtiga ega uyg’ongan (metastabil) holatlarda bo’lish hodisasi. Bu hodisani 1921 yilda nemis olimi O. Gann va PaB4 (uz) izotoplarida kuzatgan. Bu ikki izotop o’zidan JS-zarra chiqarib, bir xil izotop U234ga aylangan, ammo ularning yarim r-yemirilish davri har xil bo’lib, UZ uchun 6,66 soat, UX2 uchun 1,175 minut. Xuddi shunday hodisani 1935 yil B. V. Kurchatov, I. V. Kurchatov, L. V. Misovskiy va L. I. Rusinovlar Vg80 izotopida kuzatganlar. Atom yadrolari izomeriyasi quyidagicha tushuntiriladi: sun’iy element atom yadrolarining asosiy va uyg’ongan holatlarida hosil bo’ladi. Ko’pchilik yadrolar juda qisqa vaqt (10~22 — 1O-1oS) da u-nurlanish yoki ichki konversiya natijasida uyg’ongan holatdan asosiy holatga o’tadi. Ba’zi yadrolar (izomer yadrolar) da ma’lum uygongan holat nisbatan uzoq vaqt (10~c dan bir necha oygacha) saqlanib qoladi. Bunday holatlar metastabil holatlar deb ataladi. Veytszekker gipotezasiga asosan metastabil holatlar o’zining asosiy holatidan kichik energetik oraliq (De<0,1 MeV) va katta harakat mikdrri momenti bilan farq qiladi. Uyg’ongan holat o’zining asosiy holatidan katta spini bilan farq qilsa, radiatsion o’tish ehtimoli juda kichik bo’ladi. Masalan, Br80 uchun metastabil holat spini asosiy holat spinidan 3 ga farq qiladi. Sezilarli miqdorda neytron va proton sonlari toq bo’lgan yadrolarda ham Atom yadrolari izomeriyasi mavjud. Ammo ko’pgina neytron va proton sonlari juft bo’lgan yadrolarda Atom yadrolari izomeriyasi juda kichik yashash vaqtiga ega; ajoyib istisnolardan biri gafniy-180 yadrosi (T — 5,5 soat).