Qubchur
Qubchur — uy hayvonlari uchun olingan soliq turi. 1235 yil O’qtoy qoon tomonidan joriy qilingan. Qubchurga binoan 100 bosh jonivordan biri saltanatga soliq tarzida topshirilgan. Kimning uy hayvonlari soni yuzdan kam bo’lsa, u Qubchurga tortilmagan. Dastlab Qubchur, asosan, chorvadorlarga nisbatan qo’llangan. Keyinchalik u o’troq aholidan ham undirilgan. Kichik Osiyoda Qubchur faqat chorvachilik bilan mashg’ul aholi qatlamidan olingan. Elxoniylar davlatida chorvadorlar ham, dehqonlar ham Qubchurga tortilgan. Qubchur arablar tomonidan joriy etilgan xirojga muvofiq kelgan. Elxoniylar saltanatida mo’g’ullar va ko’chmanchi aholi ko’p istiqomat qiladigan o’rinlarda Qubchur va qadimgi soliq turlari mustahkam mavqega ega bo’lgan hududlarda xiroj atamasi iste’molda bo’lgan. Oltin O’rda va O’rta Osiyo xonliklarida 100 bosh jonivordan 1% miqdorda davlat hisobiga olinadigan soliq Qubchur istilohi bilan yuritilgan.