«Qizjibek»
«Qizjibek» — qozoq xalq eposi. Qozoq folklorining eng yetuk lirik-epik asarlaridan. Taxminan 17-asrlarda yaratilgan. Asarda to’lagan bilan Qizjibek o’rtasidagi sof muhabbat ulug’langan, ozodlik uchun kurash, sevgiga sadoqat, vatanparvarlik, do’stlik g’oyalari ilgari surilgan. Asarning ilk nusxasi (Qadimgi qirg’iz qo’shig’i «Qizjibek») 1887 yilda yozib olingan. «Qizjibek»ning turli yillarda yozib olingan 11 nusxasi Qozog’iston Fanla Akademiyasi til va adabiyot institutida saqlanadi. Shulardan Qozog’istonda yozib olingan va 1894 yilda Qozonda nashr etilgan «Qizjibek qissasi» variant keng tarqalgan. Lekin hajmi va detallarining aniqligi jihatidan 1887 yildagi nusxasi «Qizjibek»ning boshqa variantlariga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. «Qizjibek» qo’p oqinlar repertuarida uchraydi. O’zbekistonda «Qizjibek»ning Ergash Jumanbulbul o’g’li tomonidan 1927 yilda yozilgan qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Asar syujeti asosida E.G.Brusilovskiy «Qizjibek» operasini yaratgan (1974).