Qorachittak
Qorachittak — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Yevropa, Janubiy Sibir, Sharqiy va Janubiy Xitoy, Eron, Kavkazda, O’rta Osiyoning Sharqiy Tyanshan qismida tarqalgan. Qanoti 55-58 millimetr, vazni 9-10 gramm. Boshi, tomog’i va ko’kragi qora. Usti to’q kulrang. Qorin qismi och jigarrang. Yumshoq to’shamali kovaklarga uya quradi. Yiliga 2 marta 7-11 tadan tuxum qo’yib, 12-14 kun bosadi. Poloponlarini uyasida 20 kun oziqlantiradi. Hasharotlar tuxumlari va lichinkalari hamda o’simliklar urug’i bilan oziqlanadi. Qorachittak qishga zaxira oziq to’playdi. O’rmon xo’jaligi uchun foydali qush.