Qirg’iyburgut
Qirg’iyburgut — yirtqich qush. Janubiy Yevropa, Afrika, Janubiy Osiyo (jumladan, O’rta Osiyo)da tarqalgan. Qanoti 46-52 santimetr, og’irligi 1,5—2,5 kilogramm. Usti qo’ng’ir-kulrang, qorni oq yoki pushtiroq, mayda qora xollari bor. Tumshug’i qora, oyog’i sariq. Panjasi baquvvat, tirnoqlari mustahkam. Asosan, tog’li hududlarda yashaydi. Uyasini daraxt yoki qoyalarga yasaydi. Fevralda 1-3 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini ikkala jins navbat bilan 40 kun bosadi. Kaklik, tuvaloq, quyon, kalamush, sudralib yuruvchilar va baliklar bilan oziqlanadi. Ovchilik xo’jaliklari va uy parrandalariga zarar yetkazadi.