AURIPIGMENT nima degani?
AURIPIGMENT (lotincha aurum — oltin va pigmentum — bo’yoq) — mineral. Mishyak sulfidi — As2Sr tarkibida 61% As va 39% S bor. Qattiqligi 1,5—2. S. og’. 3,4—3,5. Rangi oltinsimon-sariq, to’qsariq, ba’zan qo’ng’ir. Yog’simon, yaltiroq, yumshoq. Auripigment epitermal konlar uchun xos bo’lib, realgar AsS, antimonite Sb2S3, oltin va boshqa minerallar bilan hamda qaynoq mineral buloqlar cho’kindilarida uchraydi. Bundan tashqari, Auripigment vulkan og’izlarida, cho’kindi temir konlarida ham bo’ladi. Shoh arag’i (o’tkir kislotalar aralashmasi) va ishqorda eriydi. Qizdirilsa rangi qizaradi. Elektr o’tkazmaydi, diamagnit. Auripigment asosan uch oksidli mishyak As2O3 i.ch. uchun yoki sariq bo’yoq olishda va ko’nchilik sanoatida terilarni oshlashda ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- AUSKULTASIYA nima degani?
- AUSTENIT nima degani?
- AUSTERLIS JANGI haqida eshitganmisiz?
- AUTBRIDING nima degani?
- AUTEKOLOGIYA nima degani?
- AUTIGEN MINERALLAR nima degani?
- AUTO… nima degani?
- AUTOALLERGIYA nima degani?











