AUSTENIT
AUSTENIT — temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843-1902) nomiga qo’yilgan. Uglerodli po’latlarda Austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori temperaturadagina barqaror bo’ladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, temperatura 727° ga yetganda ferrit va tsementitga, ya’ni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab o’zgaradi va 3,63 dan 3,68 Austenitgacha bo’ladi. 1147° da u-temirda eng ko’p miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu temperatuada Austenit tarkibida 2,14% uglerod bo’ladi. Temperatura pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.