Pulkovo rasadxonasi
Pulkovo rasadxonasi — Sankt-Peterburgdagi ilmiy tadqiqot muassasasi; dengiz sathidan 75 metr balandlikdagi Pulkovo qishlog’ida joylashgan. 1839 yil tashkil etilgan. 1840 yil ish boshlagan. 2-jahon urushida nemis fashist qo’shinlari tomonidan vayron qilingan, 1954 yil qayta tiklangan. Pulkovo rasadxonasida 65 santimetrli refraktor, fotografik qutb trubasi, Zenit-teleskop, 2 ta quyosh teleskopi, meridian teleskopi, koronograf, katta radioteleskop va boshqa asboblar ishlab turibdi. Unda astrometriya, astrofizika, radioastronomiya va boshqa sohalarga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Rasadxonada 10000 ga yaqin xira yulduzlar katalogi tuzilgan.