Nevralgiya
Nevralgiya (nevr… va algos — og’riq) — nerv tolalari bo’ylab tarqaladigan kuchli og’riq; nerv vaqt-vaqti bilan sanchib, zirqirab yoki tortishib og’riydi. Uch shoxli nerv, quymich nervi, qovur-g’alararo nerv Nevralgiyasi ko’proq uchraydi. Infektsion kasalliklar, intoksikasiya, shikastlanishlar, modsalar almashinuvining buzilishi, ateroskleroz, organizmning sovqotishi, kasbga aloqador zararlar sabab bo’ladi. Nevralgiya qaysi soha ner-vida bo’lsa, o’sha soxa nervining poyasi, qobig’i ta’sirlanadi, nerv poyasi shishadi, atrofidagi muskullar tortishadi (masalan, uch shoxli nerv Nevralgiyasida yuz muskullari tortishishi), ba’zan nervda struktur o’zgarishlar kuzatiladi. Nevralgiya xurujida og’riyotgan joyda teri oqarishi yoki qizarishi, terlash, ko’z yoshlanishi yoki so’lak oqishi, ba’zan toshmalar paydo bo’lishi mumkin. Davo Nevralgiyaning kelib chiqish sababiga bog’liq. Og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishiga qarshi, umumiy quvvatga kirgizuvchi dorilar, fizioterapiya, sanatoriy va kurortlarda davolanish buyuriladi.