Nuqtali vergul

Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). O’zbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qo’llana boshlagan. Hozirgi o’zbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi o’rinlarda qo’llanadi: 1) bog’lovchisiz qo’shma ran tarkibida ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo’lmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, o’tmaydi; unda raisning obro’yi tushadi); 2) gapdagi uyushiq bo’laklar murakkab bo’lib, ular ma’lum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bog’imizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va o’qituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi); 3) yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dars jadvalini tuzish; b) o’qituvchilarni orohlantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar); 4) murakkab (aralash) qo’shma gaplar orasida (Er ko’karmas, el yashnamas, bo’lmasa ko’k tomchisi; qaydan olein she’rni shoir, bo’lmasa ilhomchisi (A. To’qay)]. Ad.: Nazarov K., O’zbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.