Namangan universiteti
Namangan universiteti, Namangan davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar taierlaydigan oliy o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Namangan pedagogika instituti (1942 yilda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Universitetda 12 fakultet (matematika, Fizika-texnika, xorijiy tillar, kimyo-biologiya, san’atshunoslik, ingliz Filologiyasi, pedagogika, iqtisod- geografiya, jismoniy tarbiya, o’zbek Filologiyasi, tarix, Yurisprudentsiya), o’quv, ilmiy, ma’naviyat, marketing xizmati, monitoring bo’limi, ma’naviyat, axborot va tahlil, til o’rgatish, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi, sosiologik tadqiqotlar laboratoriya, 38 kafedra, bir qancha ilmiy laboratoriya va o’quv Markazlari, biznes maktabi, akademik litsey bor; kutubxonalarida 500 mingdan ziyod asar saqlanadi (2003). Universitet 25 yo’nalish (matematika, amaliy matematika, fizika, kasb ta’limi, kimyo, biologiya, amaliy san’at, chizmachilik va tasviriy san’at, musiqa, ingliz tili, nemis tili, frantsuz tili, slavyan Filologiyasi, boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi, pedagogika va psixologiya, jismoniy tarbiya, iqtisod, geografiya, o’zbek Filologiyasi, tarix, huquqshunoslik, milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy-madaniy faoliyat) bo’yicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik (Fizika, matematiika, tarix, geografiya, rus tili, o’zbek tili, nemis tili, ingliz tili, kimyo, mehnat ta’limi, huquqshunos-pedagog, tarmoqlar iqtisodiyoti, boshlang’ich ta’lim, fizika o’qitish metodikasi, amaliy matematika, o’zbek adabiyoti) bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura, doktorantura faoliyat ko’rsatadi. 2002/2003 o’quv yili universitetda 5 mingga yaqin talaba ta’lim oldi, 350 dan ortiq o’qituvchi, jumladan, 20 fan Doktori va professor, 140 fan nomzodi va dosent ishladi. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli universitet, institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati T. Fayzullaev, A. A’zamov, M. Mamatov, N. Rahimov, A. Abdurahmonov, Sh. Abdullaev, I. Abdullaev va boshqa professor- o’qituvchilar nomi bilan bog’liq. Universitetda turli yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. 2003 yilgacha universitet 27 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.