Novorossiya
Novorossiya — qora dengizning Shimoliy sohillarini 18-asrning 2 — yarmidan 1917 yilgacha bo’lgan rasmiy nomi. Turkiya bilan imzolangan bir qancha bitimlarga (1739, 1774, 1791, 1812), asosan, 18-asrda Rossiyaga qo’shib olingan. «Novorossiya»atamasi yangi hududni xo’jalik jihatdan Rossiya tomonidan o’zlashtirilishi natijasida kelib chiqqan. Rossiya hukumati bu yerlarga ukrain va ruslarni ko’chirib keltira boshlagan, kolonistlar orasida ko’plab nemis va greklar ham bo’lgan. Hukumat zo’r berib Novorossiya yerlarini nafaqat podsho amaldorlariga, balki ko’chib kelish sharti bilan «har qanday past darajadagi» shaxslarga ham tarqata boshlagan. O’lka hayotida dehqonchilik va chorvachilik katta o’rin tutgan. 18-asrda Novorossiyada Ekaterinoslav, Nikolaev, Xerson, Odessa kabi shaharlar barpo etilgan; 1838 yil 12 sentabrda Novorossiysk shahriga asos solingan.