Nitrofos, nitrofosfat
Nitrofos, nitrofosfat — tarkibida azot, fosfor bo’lgan murakkab mineral o’g’it. Unda o’rta hisobda 20% dan N va R2O5bo’ladi. Oldin apatit kontsentratini yoki fosforitlarni nitrat kislota bilan, shuningdek, nitrat kislotaning sulfat yoki fosfat kislota bilan aralashmasi yordamida parchalab, keyin ammiak yoki boshqa asoslar bilan neytrallab olinadi. Presipitat, ammiakli selitra va gipedan yoki presipitat, ammofos va ammiakli selitradan iborat donacha (granula)lar holida ishlab chiqariladi. Donadorligi bir xil, yaxshi elanadi. Nitrofos kaliyli o’g’it ishlatilishi talab qilinmaydigan tuproqlarga soinadi. U hamma ekinlar uchun asosiy va ekishdagi o’git sifatida qo’llanadi.