Nishboshsoy

Nishboshsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shimoliy yon bag’ridan, 3550 metr balandlikdagi uncha katta bo’lmagan qorlikdan boshlanadi. Uzunligi 30 kilometr, havzasining maydoni 180 km2. Yuqori oqimi — Qashqasoy, o’rta oqimi Lash-karaksoy bilan qo’shilgunga qadar Loyaksoy deb ataladi. Yuqori va o’rta oqimida chuqur, yon bag’irlari tik vodiyda oqadi. Quyi oqimida 2-3 ko’hna qayiri (terrasa) bor. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 2,55 m3/ sekund. Suvi ko’payganda (mart—iyun) suv sarfi 3,52 m3/sekunddan 8,66 m3/sekundgacha o’zgarib turadi. Umumiy uzunligi 141 kilometr bo’lgan 75 ta irmog’i bor. Eng yiriklari: Kichik Qashqasoy, To’rtko’l, Parak, Terakli, Beshsandiq va boshqalar.