Nishopur tog’lari
Nishopur tog’lari — Eronning shimoliy-Sharqiy qismidagi tog’lar, Turkmaniston—Xuroson tog’larining Janubiy tarmog’i. Shimoli-g’arbdan Janubi-sharqqa taxminan 350 kilometrga cho’zilgan. O’rtacha balandligi 3000 metr. Eng baland joyi 3314 metr (kengzoshk cho’qqisi). Keng yassi vodiylar, botiqlar bilan ajralib turgan bir necha tizmadan iborat. Nishopur tog’lari Go’rgon—Mashhad botiqlari orqali Kopetdog’dan ajralgan. Tog’lar cho’kindi va metamorfik jinslardan, porfirit va granitlardan tuzilgan. Issiq suvli buloqlar, Feruza konlari bor. Tog’ etaklari cho’l, yon bag’irlari chala cho’l, yuqori qismi tog’ dashtlaridan iborat.