Nitrometan
Nitrometan, CH3NO2 — achchiq bodom qidi keladigan rangsiz suyuqlik. Molekulyar modda 61,042. Suyuqlanish temperaturasi — 28,55°, qaynash temperaturasi 108,8°, zichligi 1,1371 g/sm3. Suvda oz eriydi, azeatrop aralashma hosil qiladi; organik erituvchilarda (alifatik uglevodorodlardan tashqari) yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga ko’ra, Nitrometan — alifatik uglevodorodlarning yaqqol vakili. Sanoatda quyi alkanlarni (masalan, propan) 50— 70% li HNO3 bilan 400-700° da kimyoviy reaktorda destruktiv nitrolash nuli bilan olinadi. Nitrometan — efirsellyuloza loklari va smolalari uchun erituvchi, dizel yonilg’ilariga qo’shimcha, bir komponentli raketa yonilg’isi. Zaharli. Markaziy nerv sistemasini kuchli zaharlaydi.