Noma

Noma (Yunoncha nime — tarqaluvchi), «suvli rak» — gangrena tarzida kechadigan kasallik; atrofidagi to’qimalarga tez tarqaladi. Ko’pincha yuzning yumshoq to’qimalari, orqa teshik atrofi, kamdan-kam hollarda bo’yin, qo’l-oyoq barmoklari terisi kasallanadi. Odatda, og’ir yuqumli kasalliklarni boshidan kechirgan nimjon, darmonsiz bolalarda, ba’zan kattalarda ham uchraydi. Nomada kasallangan soha shilliq qavatida ko’kimtir-qizil dog’ bo’ladi. Jarayon yumshoq to’qimaning hammasiga juda tez shikast yetkazadi. Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, qarorati ko’tariladi va hokazolar. Nomaning hech bir Rakka o’xshash alomatlari yo’q, faqat to’qimalar nobud bo’lishiga ko’ra, uni «suvli rak» deb atashadi; odatda, Noma ho’l gangrena deb ham yuritiladi.