Nasturan
Nasturan (Yunoncha nastos — zichlashgan va lotincha uranium — uran), uran smolali ruda — sodda oksidlar sinfiga mansub mineral. Uranitning kristallo-kimyoviy analogi. Massiv va kollomorf agregatlar. Tarkibida o’zgaruvchan miqdorda UO3 (20-55%) va UO2 (25-60%) bo’ladi. Qushimcha sifatida radiogen qurg’oshin, sa, ba’zan Nodir-yer elementlari, shuningdek, suv uchraydi. Nasturanning kristallik strukturasi, odatda, uraninitga mos keladi. Rangi qora, smolasimon yaltiroq, shaffof emas. Qattiqligi mineralogik shkala buyicha 4-6; zichligi UO2 va UO3 nisbatiga qarab, 4500 dan 9000 kg/m3 gacha o’zgarib turadi. Elektromagnit xossasiga ega. Nihoyatda kuchli radioaktiv. U ning eng kup tarqalgan minerali. Murakkab gdirotermal tipli konlarda Sn va W minerallari, shuningdek, kobalt, nikel, temir arsenidlari bilan, mis, qo’rg’oshin, vismut, kumush va boshqalarning sulfidlari bilan birga hosil bo’ladi. Uran-temir rudali konlarda gematit, Magnetit va boshqalar bilan birga uchraydi. Chukindi tipli konlarda, konglomeratlarda esa kora uran deb ataluvchi kukunsimon, tuproqli agregatlarda ham ma’lum. Uran va radiyning asosiy sanoat minerallaridan biri.