Natriy
Natriy (Arabcha Natrun, Yunoncha nitron — tabiiy soda; lot. natrium), Na — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall. Tartib raqami 11, atom molekulasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sun’iy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. Natriyning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan ma’lum. Metall holidagi Natriyni 1807 yilda ingliz olimi G. Devi o’yuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan yer po’stining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda Natriy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5-1016 tonna Natriy bor. Natriy tabiatda faqat birikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, ya’ni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO410H2O, natriy nitrat (Chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal) №2v4o710n2o va boshqalar. Bundan tashqari, N. Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va Nodir- yer elementlari bilan birgalikda ko’pgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy o’simliklar (bo’yimodaron, dengiz o’ti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida bo’ladi. Masalan, Natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul to’qimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan Natriy o’rnini to’ldirish uchun kishi sutkasiga 4-5 gramm osh tuzi iste’mol qilishi lozim. Natriy konlari yer yuzida keng tarqalgan. O’zbekistonda Surxondaryo viloyatida va Qoraqalpog’istonda katta osh tuzi konlari bor. Natriy — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm3 (20° da), suyuqlanish temperaturasi 97,83°, qaynash temperaturasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib (reaktsiya ba’zan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va N2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va boshqalar bilan reaktsiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Ko’pgina metallar bilan qotishmalar beradi. Natriy osh tuzi NaCl ni elektrolizlab olinadi. Natriy juda faol metall bo’lgani uchun kerosinda saqlanishi kerak. Uni kavsharlab bekitilgan idish yoki maxsus tsisternada tashish mumkin. Natriyni ishlatishda maxsus korjoma, qo’lqop kiyib, ko’zoynak taqish lozim. Ish joyi yong’inga qarshi vositalar bilan jihozlanishi zarur. Natriy bor joyda yong’inni suv bilan o’chirish mumkin emas, aks holda portlash yuz beradi. Natriy (o’zi yoki qotishmasi) aviasiya dvigatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqo’rg’oshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi. Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm3. Kizdirilganda 50° dayoq o’zidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100-150° da butunlay parchalanib, natriy karbonat Na- 2CO3 ga aylanadi. Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 ta’sir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va o’t o’chiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Natriy bromid, NaBr — bromid kislota (NVg)ning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 747°, Qaynash temperaturasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past temperaturada NaBr-2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg ta’sir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Natriy yodid, Nal — rangsiz kristall modda, zichligi 3,665 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 662°, qaynash temperaturasi 1307°. Yorug’likda havodagi kislorod bilan oksidlanib, erkin yod ajratib sarg’ayadi. Suvda 20° da 64,1%, 100° da 75,1% eriydi. Suv bilan kristallogidratlar hosil qiladi: Nal-5H2O, NaI-2H2O. Metil va etil spirtida, atsetonda eriydi. Fe3lH bilan NaCO3 o’rtasidagi almashish reaktsiyasi asosida olinadi. Tibbiyotda yod preparati sifatida qo’llanadi. Natriy silikatlar — silikat kislotalarning natriyli tuzlari, natriy metasilikat (Na2SiO3), natriy ortosilikat (Na4SiO4), natriy pirosilikat (Na6Si07), natriy bisilikat (Na2SiO5), natriy trisilikat (Na2Si3O7). Suvda eriganda quyuq kolloid eritma hosil qiladi. Natriy metasilikatning 1, 5, 6, 8 va 9 molekula suvli, natriy pirosilikatning 3,5 va 11 molekula suvli kislotallogidratlari mavjud. Natriy metasilikat shishasimon amorf modda. Zichligi 2,614 g/sm3, Suyuqlanish temperaturasi 1089°. Natriy ortosilikatning 2 ta modifikatsiyasi bor, bir turdan ikkinchi turga aylanish temperaturasi 960°; suyuqlanish temperaturasi 1118° (parchalanadi). Natriy pirosilikat o’tkir qirrali plastinkasimon kristall modda. Zichligi 2,96 g/sm3, suyuklanish temperaturasi 1115°. Natriy bisilikat romb panjarali kristall modda. Zichligi 2,496 g/sm3, suyuklanish temperaturasi 874°. Natriy trisilikat monoklin panjarali kristall modda. Zichligi 2,467 g/sm3, suyuklanish temperaturasi 700°. N.s. tegishli tarkibli shishalarni kristallash yo’li bilan olinadi. Shisha, alyumosilikat katalizatorlar, tseolitlar, shuningdek, suyuq shisha i.ch.da qo’llanadi. Natriy tiosulfat (natriy gipo- sulfit), Na2S2O32H2O — rangsiz, yaltiroq kristall modda, zichligi 2,119 g/ sm3. Suvsiz Na2S2O3 OK, poroshok, ochiq havoda faqat bir necha kun barqaror. Nam havoda tez oksidlanadi. Spirtda erimaydi. 100 g suvda 20° da 70,2 g eriydi. Suvdagi eritmasi havodan kislorod yutadi . Oltingugurtni natriy sulfatning issiq eritmasida eritib: Na2SO3+S=Na2S2O3; natriy gidrosulfidni natriy bisulfitga ta’sir ettirib: 2NaHS + 4NaHSO3 = 3Na2S2O3+ ZN2O va boshqa usullarda olinadi. Fotografiyada, to’qimachilikda, ko’nchilikda, tibbiyotda, shuningdek, analitik kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi. Natriy fosfatlar — meta-, orto — va pirofosfat kislotalarning natriy tuzlari. Ortofosfat kislota uch xil fosfat hosil qiladi, masalan, mononatriy fosfat (NaH2PO4), dinatriy fosfat (Na2HPO4); trinatriy fosfat (Na3PO4). Agar NaH2PO4 qizdirilsa, o’zidan suv chiqarib natri y gidropirofosfat (Na2H2P2O7) ga, yanada kuchliroq qizdirilsa, polimer modda — natriy geksametafosfat (NaPO3)6 ga aylanadi. Agar Na2HPO4 qizdirilsa, natriy pi- rofosfat (Na4P2O7) hosil bo’ladi. N.f. suvni yumshatishda, rudalarni boyitishda, to’qimachilik, ko’n, oziq-ovqat sanoatlarida, fotografiyada, elektrolizda va boshqa sohalarda qo’llanadi.