Natriyli selitra
Natriyli selitra, natriy nitrat, NaNO3 — nitrat kislotaning natriyli tuzi; azotli o’g’itlaraan. Suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall modda. Chili selitrasi deb ham ataladi. (Chilidagi tabiiy konlardan olinadi). Sanoatda azot oksidni ishkrrga yuttirib, reaktsiya vaqtida hosil bo’ladigan natriy nitratni nitrat kislota bilan oksidlab olinadi. Tarkibida 16-16,5% N bor, gigroskopik, saqlanganda bir oz mushtlanadi, quruq holida yaxshi sochiladi. Natriyli selitra fiziologik ishqoriy o’g’it, shuning uchun u, ko’pincha, ohaklanmagan nordon chimli-podzolli tuproqlarda ishlatiladi. O’rta Osiyoning karbonatli tuproqlarida, ayniqsa, sho’rlangan tuproqlarda Natriyli selitrani ishlatish tavsiya etilmaydi. O’zbekistonda Natriyli selitra Chirchiq»Elektrkimyosanoat» aktsiyadorlik jamiyati, Navoiy «Elektrkimyozavodi» aktsiyadorlik jamiyati, Farg’ona «azot» ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqariladi.