Natyurmort
Natyurmort (Fransuzcha nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy san’at janri. Insonning atrofini o’rab turgan Real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham Natyurmort deb ataladi. Asosan, Dastgoxli rassomlik (rangtasvir va grafika)la, qisman haykaltaroshlik (asosan, relef)tsa ishlanadi. Natyurmortda «jonsiz buyumlar» (masalan, uy-ro’zg’or buyumlari, qurol-aslahalar va boshqalar)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq, vazadagi gul va boshqalar) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni to’ldirish uchun ba’zan Natyurmortga odamlar, hayvonlar, qushlarni ham kiritish mumkin. Maishiy asosidan ajratib olingan mayda narsalarning muhimligi boshqa janrlarga nisbatan Natyurmortda namoyon bo’ladi. Natyurmortda tasvirlanayotgan (mustaqil aks ettirilayotgan yoki kartinalarda asar mazmunini boyitadigan va to’ldiradigan) buyumlar o’z egasining fe’l-atvorini, qiziqishini yoritishga yoki buyumlarning shakli, rangi, fakturasi, tuzilishidagi ritmik, dinamik va statik holatlarini ko’rsatishga qaratilgan. Natyurmort Qadimgi Misrda devorga ishlangan freskalarda, ellinizm davri mozaikalarida, Xitoyda («qush va gullar», 7-asrdan) kompozitsiya bo’lagi sifatida ma’lum bo’lgan; Yevropada 16-asr oxiri — 17-asr boshlaridan mustaqil ahamiyatga ega bo’ldi, keng tarqala boshladi, eng taraqqiy etgan davri 17-asrga to’g’ri keladi, 18-asrdan «Natyurmort» atamasi qo’llanila boshladi. Italyan rassomi M. Kapaeajo va uning izdoshlari (karavajizm) Natyurmortning keng tarqalishida muhim rol o’ynadi: gul va mevalar, dengiz in’omi — baliq, qisqichbaqalar sevimli mavzuga aylandi. Gollandiya (V.K.Xeda, P.Klas va boshqalar), Flandriya (F.Sneyders, Ya. Feyt va boshqalar), Ispaniya (F.Surbaran va boshqalar), Frantsiya (J.B.Sharden va boshqalar) va boshqalarda yuksak taraqqiyotga erishdi. P. Sezann, A. Matiss, J. Brak va boshqalar. Natyurmortga ko’proq e’tiborni qaratganlar. 20-asrda Natyurmort realistik an’analarini Meksikada D. Rivera, D. Sikeyros, Italiyada R. Guttuzolar davom ettirdi. Rossiyada Natyurmort 18-asrda paydo bo’ldi, ko’zni aldaydigan «xuddi o’ziga o’xshash» (aldamchi) rasmlar ishlashdan (G.N.Teplov, P.G.Bogomolov va boshqalar) shakllanib bordi, 19-asr 1-yarmida haqqoniylikka, borliqni o’zidan go’zallik topishga harakat qilindi (M.A.Vrubel, K.Korovin, I.E.Grabar va boshqalar), shakl, faktura va bezakdorlik borasidagi yutuqlarga erishildi (P. Kuznesov, P.P.Konchalovskiy, A.Kuprin va boshqalar). O’zbekiston tasviriy san’atida Natyurmort unsurlari qadimgi davr san’atida (masalan, Afrosiyob devoriy rasmlarida — vazadagi mevalar), miniatyura san’atida (Masalan, Kamoliddin Behzodning Shayboniyxon portretida tasvirlangan buyumlar — siyohdon, qamchi) uchraydi. Natyurmortning haqiqiy shakllanishi va rivojlanishi 20-asrning 30-50-yillariga to’g’ri keladi. Ayni shu davrda rassomlarning ijodida Natyurmortning dastlabki namunalari paydo bo’ddi: L.Nasriddinov («Nonli N.»), Sh. Hasanova («Xitoy chinnisi bilan ishlangan Natyurmort») va boshqalar; M. Kurzin, V. Rojdestvenskiy, V. Ufimtsev, N. Kashina, Z. Kovalevskaya, O. Tatevosyan, S. Abdullaev, V. Fadeev, Yu. Elizarov va boshqalar Natyurmort yaratdilar. 60-80- yillarda L. Salimjonova, Yu. Taldikin, R. Choriev, V. Burmakin, E. Melnikovlar ijodida Natyurmort keng o’rin tutadi. Rassomlar R. Ahmedov, A. Ikrom-jonov, M. Nuriddinov va boshqalar Natyurmortda samarali ijod qilib, Natyurmortning taraqqiyotini ta’minladilar. Ne’mat Abdullayev.