Nayarit

Nayarit — Meksikaning g’arbiy qismidagi shtat, tinch okean sohilida. Maydoni 27,6 ming km2. Aholisi 919,7 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Tepik shahri. G’arbiy Serra-Madre tizmalari (balandligi 2300 metr) tor sohilbo’yi tekisligini Meksika yassitog’ligidan ajratib turadi. Iqlimi yozi sernam, tropik iqlim. Yillik yog’in 1000 mm. Tog’oralarida yog’in miqdori 200-300 mm. Asosiy daryolari: San-Pedro, Rio- Grande-de-Santyago va boshqalar. Tekisliklarda doim yashil o’rmonlar, tog’etaklarida barg to’kuvchi, balandroqda igna bargli daraxtlar o’sadi. Xo’jaligining asosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Asosiy ekinlari: tamaki, yer yong’oq, shakarqamish, tropic mevalar. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n- poyabzal sanoati rivojlangan.