Neyrogliya, gliya
Neyrogliya, gliya — nerv tuqimasining hujayra elementlari; nerv hujayrasi {neyron), o’simtalari va miya kapillyarlari oralig’ini to’ldirib turadi. Neyrogliyada makrogliya va mikrogliya hujayralari tafovut qilinadi. Makrogliya ektodermami rivojlanadi; ependima gliyasi, astrositlar va oligogliyadan iborat. Ependima hujayralari bir-biriga zich taqalib turadigan yumaloq shaklga ega; ular bosh miya qorinchasi va orqa miyaning Markaziy kanali oraliq qismini to’ldirib, mexanik, tayanch va trofik vazifasini o’taydi. Astrogliya — yulduzsimon qujayralar o’z o’simtalari bilan chigallashib, miya poyasini hosil qiladi. Uning asosiy elementi gemato-entsefalik barer bo’lib, suv-tuz almashinuvini nazorat qiladi. Oligogliya hujayralari mayda, kalta o’siqchalari bor, neyron va aksonlar tanasini o’rab turadi, akson mielin qobig’ining hosil bo’lishida ishtirok etadi, neyronlarga moddalar tashilishini ta’minlaydi. Mikrogliya hujayralari o’siqchalari ham mayda hujayralar bo’lib, mezenximadan rivojlanadi; fagositoz, shuningdek, nerv sistemasila himoya vazifasini bajaradi.