Nefron

Nefron (Yunoncha nephros — buyrak) — buyrak qilnaychalari; umurtqali hayvonlar va odam buyragining asosiy strukturaviy-funktsional bo’lagi (elementi). Buyrak koptokchasi va undan tarmoqlanib chiquvchi buyrak kanalchalaridan tuzilgan. Nefronlar siydik hosil bo’lish jarayonida qondan moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; birlamchi siydik tarkibidan suvning qonga qayta so’rilishini ta’minlaydi; oqsil, suv-tuz, ishqoriy-kislotali muhitni idora qiladi, qon tarkibini boshqaradi. Har bir buyrakda taxminan 1 million Nefron bo’ladi.