Niyozmatov Ibodulla Abdullayevich
Niyozmatov Ibodulla Abdullayevich (1942.17.10, Xiva tumani-2003. 20.9, Urganch) — rejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1970). 1971 yildan Xorazm musiqali drama teatrida ishlaydi. Niyozmatov sahnalashtirgan spektakllar chuqur psixologik talqini, dramatik to’qnashuvlarning o’tkirligi, voqealar rivoji va boshqalar bilan diqqatga sazovor. «Abu Rayhon Beruniy» (uyg’un), «birovning tashvishi» (O’. Hoshimov), «Monserro» (E. Robles), «Ibn Sino» (A. Shalomayev), «nurxon» (K. Yashin va T. Jalilov), «Ajdodlar qilichi» (E. Samandarov), «Layli va Majnun» (Xurshid), «Marvarid taqqan ayol», «Feruz» (K.Avaz, O. Ibrohimov) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.
O‘xshash so‘zlar
- Niyozov Amin Ermatovich
- Niyozov Bahodir Boboyevich
- Niyozov Muhammad Ibrohimovich
- Nizak Tarxon
- Nizomiddin Ahmad Hirotiy
- Nizomiddin Shomiy
- Nizomiy Aruziy ibn Samarqandiy
- Nizomiy Ganjaviy











