Nemis davlat operasi
Nemis davlat operasi (Die Deutsche Staatsoper) — Berlindagi opera teatri. 1742 yilda ochilgan (1918 yilgacha Qirol opera teatri). Milliy opera san’ati rivojlanishida muhim rol o’ynagan; repertuaridan italyan va frantsuz kompozitorlari bilan birga L. Betxoven, K. M. Veber, L. Shpor, R. Vagner, R. Shtraus va boshqa nemis kompozitorlari asarlari asosiy o’rin olgan. Teatrda Yevropaning eng mashhur dirijyorlari (V. Furtvengler, O. Klemperer, R. Shtraus, G. Karayan va boshqalar) faoliyat ko’rsatgan. Hozir teatr nemis operasining eng yaxshi an’analarini rivojlantirmoqda va chet el mumtoz va zamonaviy kompozitorlarining operalarini tashviq qilmoqda. Nemis davlat operasi binosi 2-jahon urushi davrida qisman buzilgan. Qayta tiklangach, 1955 yilda ochilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Nemislar
- Nemis tili
- Nemis ovcharkasi to’g’risidagi 10 ta fakt
- Nemischa usul: pashsha chaqishiga qarshi eng yaxshi 10 vosita
- Nenes tili
- NENESLAR
- Neneslar muxtor okrugi
- NEO…











