Nilufar

Nilufar (Nelumbo) — Nilufardoshlarga mansub suvda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar turkumi. Ikkala yarim sharning mo»tadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yong’oqchali Nilufar (N.nicifera) va sariq Nilufar (W.lutea) o’sadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori ko’tarilib o’sadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 santimetrgacha boradi, oq yoki pushti, xushbo’y, bargi ustida ochiladi. Mevasi konussimon, ko’p yong’oqchali, suv ostida yetiladi. Nilufar urugidan yoki ildizpoyasidan ko’payadi. Unib chiqqanidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti Nilufar qadimdan muqaddas o’simlik hisoblanadi. Nilufarning madaniy shakllari ko’p. Nilufarning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor.