Nikel

Nikel (nemischa Nikel, lotincha Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 28, atom molekulasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud bo’luvchi sun’iy radioaktiv izotopi — 59Ni (T1/2 = 105 yil). Nikelni dastlab 1751 yilda shved kimyogari A. Kronstedt kashf qilgan va nom qo’ygan. «Nikel» nomi kupfernikel minerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nemischa Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral ko’rinishi bilan mis rudalariga o’xshab konchilarni ko’p chalgitgani uchun shunday nom olgan. Nemis kimyogari I. Rixter 1804 yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq bo’lgan. 19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, po’latga Nikel qo’shilganida po’latning xossalari yaxshilanishi aniqlanganidan keyin Nikel ishlab chiqarish sanoati keng rivoj topdi. Massa jihatidan yer po’stining 8103%ini tashkil qiladi. Nikel tabiatda pentlandit (Fe, Ni)9S8, millerit NiS, nikelin NiAs, xloantin NiAs2, gerodorfit NiAsS, ulmanit NiAsSb nomli minerallar holida va boshqa metallarning sulfidlariga aralashgan holda uchraydi. Nikelning 50 dan ortiq minerali ma’lum. Nikel ishlab chiqarishda, asosan, uning sulfidli minerallari, sulfidli mis-nikel rudalari, garnierit minerali (magniy va Nikelning o’zgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega. Nikel— kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir. Nikelning 2 ta modifikatsiyasi ma’lum: geksagonal Panjarali holda kristallanadigan a-Nikel va kub panjarali r-Nikel a-Nikel 250-300° da R-Nikelga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-Nikel shaklida bo’ladi. Nikelning suyuqlanish temperaturasi 1455°, qaynash temperaturasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1. Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis hamda asl metallarga o’xshaydi. Valentligi 2 va 3 Nikelning juda ko’p kompleks birikmalari ma’lum. Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel qotishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqsori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi. Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. O’simlik tarkibida 5,010″5%, quruqlikdagi hayvonlar organizmida l,0-10″6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% Nikel bo’ladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Nikel birikmalari. Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi. Nikel diftorid, NiF2 — yashil- sarg’ish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm3. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa birikmalariga ftor ta’sir ettirib olinadi. Kimyoviy reaktsiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer materiallarning komponenti sifatida qo’llanadi. Nikel triftorid, NiF3 — KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq ko’rinishida hosil bo’ladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi. Nikel dixlorid NiCl2 — yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1009°, zichligi 3,54 g/ sm3. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir bo’yoklar tayyorlashda ishlatiladi. Nikel dibromid, NiBr2 — sarg’ish-jigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 963°, zichligi 5,45 g/sm3; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi. Nikel diyodit, Nil2 — po’lat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 797°, zichligi 5,83 g/sm3, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O ko’k-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va ter-mosezgir bo’yoqlar olishda qo’llanadi. Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO to’g’risidagina ishonchli ma’lumotlar bor. Olinish usuli va holatiga qarab NiO och-yashildan to’q yashil ranggacha o’zgaradi. a — va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000-1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yo’li bilan olinadi. Nikel karbonat, NiCO3 — yashil (zichligi 4,39 g/sm3) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm3) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qo’llanadi. Nikel nitrat, Ni (NO3)2 — kub singoniyali yashil kristallar. Qizdirilganda avval 200-250° da Ni (NO2)2 gacha, so’ngra 300-350° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika ishlab chiqarishda ishlatiladi. Nikel sulfat, NiSO4— romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm3, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali Zumrad tusli go’zal kristall tuz — Nikel kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi. Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. Nikel-sulfidlari tabiatda millerit u — NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, vo-esit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0<x<0,5) ko’rinishida uchraydi. Pentlandit, milleritli rudalar nikel ishlab chiqarishda xom ashyo, NiS, Ni3S2 — gidrogenizatsiya va degidrogenizasiya katalizatorlari, NiS2 — organik sintezda kata- lizator sifatida qo’llanadi. Nikel uglerod (P)-oksid SO2 bilan uchuvchan suyuq birikma — nikel tetrakarbo-Nil Ni(CO4) hosil qiladi. Bu modda qizdirilganda Nikel ajralib chiqaradi. Nikel rudalaridan Nikel ajratib olish usullaridan biri ana shu moddaning hosil bo’lishiga asoslangan. Ad.: Perelman F.M., Zvorikin A.Ya., Kobalt va nikel, M., 1975; Xudyakov I.F., Tixonov A.I., Deev V . I ., Metallurgiya medi, nikelya i kobalta, t.2, 2 izd., M, 1977. Temirjon Otaqo’ziev.