Nikolay Kuzalik
Nikolay Kuzalik (Nicolaus Cusanus), haqiqiy ismi Nikolay Krebs (Krebs) (1401, Mozeldagi kuza degan joy — 1464.11.8, todi, Umbriya viloyati) — nemis faylasufi, ilohiyotchi, olim, diniysiyosiy arbob. Rim papasi Piy II (1405-64)ning yaqin maslahatchisi, kardinal (1448). Neoplatonizm dialektikasi va nemis mistikasi (Ekxart) g’oyasidan kelib chiqib, mutlaq qarama-qarshiliklarning mosligi (cheksiz «maksimum» bilan cheksiz «minimum»ning aynanligi) degan ta’limotni rivojlantirgan. Uningcha, inson bilimi «bilmaslik bilimi» («ilmiy bilmaslik») dir; u mutlaqga jo bo’lgan haqiqatga cheksiz yaqinlashishdan iborat bo’lib, «taxminlar» («farazlar») yordamida ro’yobga chiqadi. Matematika risolalar muallifi, kopernikning kosmologiya haqidagi ta’limotiga (yer ham, boshqa samoviy jismlar kabi, Koinotning markazi bo’la olmaydi) va tajribaga asoslangan tabiatshunoslikka yo’l ochganlardan biri.