Negri Missiyami
Negri Missiyami (1820) — Erondagi rus elchixonasining katta maslahatchisi A. F. Negri (1784-1854) rahbarligida savdo shartnomasi tuzish uchun Buxoroga yuborilgan missiya. Tarkibi polkovnik E.K. Meyendorf, paleontolog X. G. Pander, zoolog va botanik E. A. Eversman, topograflar Valxovskiy va Timofeyev, tarjimon Yakovlev va boshqalardan iborat bo’lgan. Negri Missiyami biror aniq bitimning imzolanishiga erisha olmagan bo’lsada, kelajakda Buxoro bilan Rossiya o’rtasidagi aloqalarning tiklanishiga, savdo-sotiqning yo’lga qo’yilishiga hamda har ikki davlat diplomatik munosabatlarida iliq vaziyatning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.Ular josuslik xarakteridagi ma’lumotlarni ham to’plashgan. Negri Missiyami a’zolaridan E. K. Meyendorf va E. A. Eversman ana shu safar xotiralari asosida materiallarga boy bir necha kitob yozib qoldirganlar.