Ixtiozavrlar

Ixtiozavrlar (Ichthyosaurta), baliq kaltakesaklar — qirilib bitgan dengiz kaltakesaklari. Amerika, Avstraliya, Yevrosiyoda skelet qoldiqlari topilgan, o’rta triasdan bo’r davrigacha yashagan. Sudralib yuruvchilar orasida suvda yashashga eng yaxshi moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Kelib chiqishi va filogeniyasi yaxshi o’rganilmagan. Kotilozavrlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Tanasining shakli delfinga o’xshash, uzunligi 15 metrgacha, tumshugi uzun, tishlari konussimon bir kator joylashgan. Eshkak oyoklari, panjalari yoki barmoqlari juda kengaygan. Yirtqich baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlangan.