Iskandarko’l

Iskandarko’l — Tojikistondagi ko’l. Hisor tog’ tizmasining shimoliy yon bag’rida. Iskandardaryo havzasida dengiz sathidan 2195 metr balandlikda. Iskandarko’l tog’ qulab Iskandardaryo vodiysini to’sib qo’yishi natijasida paydo bo’lgan. Uzunligi 3,3 kilometr, eng keng joyi 2,9 kilometr, maydoni 3,4 kilometr2, eng chuqur joyi 72 metr, o’rtacha chuqurligi 51 metr. Qo’lning suv hajmi 173 million m3. Iskandarko’lga bir necha soy va jilg’alar quyiladi, faqat Iskandardaryo oqib chidadi. Quyilayotgan va chiqib ketayotgan suv miqdoriga qarab Iskandarko’lning suv sathi o’zgarib turadi. Iskandarko’l suvi eng issiq oylarda 10-12° ga qadar isiydi, yanvarning o’rtalaridan martning o’rtalarigacha muzlab yotadi. Suvi tiniq va chuchuk. Iskandarko’l — chiroyli tog’ ko’llaridan biri. Turizm rivojlangan.