Islom Garay III
Islom Garay III, Islom Geray III (1604-54) — Qrim xoni (1644-54); Salomat Garayning o’g’li. 1644 yil turk sultoni uni ukasi Muhammad Garay o’rniga xon etib tayinlagan. 1648 yil Islom Garay III Bogdan Xmelniskiy bilan ittifoq tuzgan, bundan maqsadi Polsha va Ukrainani zaiflashtirib ularning hududiga bostirib kirish edi. 1649 yil Zborovo jangida qatnashib, B. Xmelniskiyni polyaklar bilan bitim tuzishga majbur qilgan, natijada Polsha uzil-kesil mag’lubiyatdan saqlanib qolgan. Berestechko (1651) va Jvanes (1653) janglarida Islom Garay III ning xiyonati polyaklarni ikki marotaba mag’lubiyatdan asrab qolgan va bu bilan ukrain xalq-ozodlik armiyasini mushkul ahvolga solib qo’ygan.