Islom olami kongressi

Islom olami kongressi (Iok) — musulmon mamlakatlari arboblarini birlashtirgan birinchi xalqaro Islom tashkiloti. 1926 yilda Makkada tashkil etilgan. Qarorgohi Karochi shahri (Pokiston)da. Iok faoliyatida Musulmonlarning har yilgi haj ziyorati tugagan vaqtda to’planadigan Oliy Kengash rahbarlik qiladi. Iok bir necha ilmiy tadqiqot markazlari orqali Islom tarixi, aqidalari, falsafasi sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi, islom mavzuidagi nashrlar (xususan, «Musulmon olami» jurnali)ni chiqarib turadi, uning ixtiyorida «Islom ovozi» radiostantsiyasi mavjud.