AXEN

AXEN — Germaniyadagi shahar, shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 244 ming kishi (1992). Ko’mir havzasi markazi. Balneologik kurort shahri. Texnika universiteti bor. Rimliklarning shifo maskanlari atrofida joylashgan Akve Grani turar joyi sifatida 1-asrdan ma’lum. 8 — 9-asrlarda Buyuk Karl qarorgohi bo’lgan. O’rta asrlarda Axen imperiya shahri statusini olgan. Me’moriy yodgorliklardan Buyuk Karl «Pfals»i (qarorgohi) qoldiqlari, gotika uslubidagi ratusha saqlangan.