AXMETOV ILGIZAR ZALYALOVICH kim bo’lgan?
AXMETOV ILGIZAR ZALYALOVICH (1929.1.1, Tatariston Respublikasi Kukmora tumani Oluyaz qishlog’i) — biolog, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), biol. fanlari Doktori (1985), professor (1990). O’zDUni bitirgan (1956). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qishloq xo’jaligi (1956-58), O’zbekiston chorvachilik (1958-67), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim (1956-87), Guliston davlat universiteti umumiy biologiya kafedrasi mudiri (1987-99), 1999 yildan kafedra professor. Oldin qoramollar fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish asosida ular mahsuldorligini oshirish, keyinchalik O’rta Osiyo yovvoyi kemiruvchi hayvonlarining ekologik, fiziologik, morfologik xususiyatlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan.
O‘xshash so‘zlar
- AXMETELI ALEKSANDR (Sandro) Vasilyevich kim bo’lgan?
- AXOMANIYLAR DAVLATI haqida eshitganmisiz?
- AXOMANIYLAR haqida bilasizmi?
- AXONDRIT haqida bilasizmi?
- AXROMAT haqida bilasizmi?
- AXSIKAT qanday shahar bo’lgan?
- AXSIKATIY ABU ROSHID AHMAD IBN MUHAMMAD kim bo’lgan?
- AXTA, ULGI haqida bilasizmi?











