Parallelizm

Parallelizm (adabiyotshunoslikda) — poetik nutq usullaridan va tasvir vositalaridan biri. Parallelizm Badiiy matnning o’zaro bog’liq qismlaridan nutq unsurlarining o’xshash yoki aynan bir xilda joylashuvini taqozo etadi. Unda, odatda, 2 hodisa yonma-yon (parallel) qo’yib tasvirlanadi. Bu, tabiatdan olingan biror obraz bilan inson hayotidan olingan obrazning o’zaro o’xshashligini ko’rsatish misolida, shuningdek, bir-biriga o’xshash ikki obrazning o’zaro zid tomonlarini qiyoslash shaklida namoyon bo’lishi mumkin. Mavzusi yoki mantiqiga ko’ra bir-birini takrorlamaydigan yoki to’ldiradigan 2 hodisa yonma-yon quyilgan hollar ham bo’ladi. Parallelizm dastlab xalqog’zaki ijodida keng tarqalib, sung badiiy adabiyotda o’zlashtirilgan. Forsiy va turkiy adabiyotshunoslikda Parallelizm mutobiqa deyilgan. O’zbek mumtoz nasrida mutobiqaning yetuk namunalari ko’p.