Parallaks

Parallaks (Yunoncha parallaxis — og’ish) — fazoning biror nuqtasi (masalan, yoritqich — Sayyora, yulduz markazi)dan Yer orbitasining radiusi ko’rinadigan burchak. Parallaks yoritqich bilan yer orasidagi masofani aniklashga imkon beradi. Agar yoritqichning Parallaksi ma’lum bo’lsa, trigonometrik formulalar yordamida uning yerdan uzoqligini aniqlash mumkin. Sutkalik Parallaks — Yer radiusi bilan osmon yoritqichi ko’rinadigan chiziq orasidagi burchak (masalan, oy uchun sutkalik Parallaks 57’2″70, Quyosh uchun 8″80). Yillik Parallaks — Yer orbitasining katta yarim o’qi bilan osmon yoritqichi ko’rinadigan chiziq orasidagi burchak.